«Nega yozamiz?» Bilganingizdek, biz yozuvchilarga eng ko‘p beriladigan savol shu. Qalb amr etgani uchun yozaman! Hamma qatori boshqa bir ish qila olmaganim uchun yozaman. Hammadan qattiq arazlaganim uchun yozaman. Xonada yolg‘iz qolib, kun bo‘yi yozishni juda xohlaganim uchun yozaman. Qog‘oz, qalam, siyoh hidini yaxshi ko‘rganim uchun yozaman. Adabiyotga, roman san’atiga hamma narsadan ortiq ishonganim uchun yozaman. Bu ishga ko‘nikkanim va ruju qo‘yganim uchun yozaman. Unutilishdan qo‘rqqanim uchun yozaman. Erishgan shuhrat va e’tibordan mamnunligim uchun yozaman. Yolg‘iz qolish uchun yozaman. Yozganlarimning o‘qilishini yoqtirganim uchun yozaman. Hamma mendan shuni kutyapti, deb yozaman. Kutubxonalarning yopilib ketmasligiga, kitoblarimning javonlarda terilib turishiga bolalarcha ishonganim uchun yozaman. Hayot, dunyo, barchasi g‘oyatda go‘zal va hayratlanarli bo‘lgani uchun yozaman. Hayotning bor go‘zalligi va boyligini so‘zlarga ko‘chirish zavqli bo‘lgani uchun yozaman. Hech ham baxtli bo‘la olmaganim uchun yozaman. Baxtli bo‘lish uchun yozaman.
(c) Orxan Pamukning Nobel ma’ruzasidan