Avvalroq Peshku tumanidagi 7-maktabning abgor ahvoli haqida post yozgan edim. Esingizda bo‘lsa, unda maktabning 1970-yilda yog‘ochdan qurilgan binosi zamon talablariga umuman javob bermasligi, shunga qaramay, o‘quvchilar aynan shu sharoitda ta’lim olayotgani urg‘ulangan edi.
(Post havolasi: https://www.facebook.com/share/p/1Er7o7RsCD/?mibextid=wwXIfr)
O‘shanda tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirib, dars jarayonlari boshlanishi bilan o‘quvchilarni maktabning boshqa binosiga ko‘chirgan edi. Rasmiy munosabatda: “7-maktabning 1970-yilda qurilgan binosi o‘rniga yangi 180 o‘rinli bino barpo etish uchun 2026-yilgi ob’yektlarni qurish, mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli dasturga kiritilganini ma’lum qilamiz”, deyilgandi. Oradan vaqt o‘tib, bu ezgu tashabbus amalda o‘z tasdig‘ini topdi! Osiyo taraqqiyot banki dasturi asosida maktab binosi mukammal ta’mirlanib, zamonaviy qiyofada, 210 o‘ringa mo‘ljallangan holda foydalanishga topshirildi. Bu maskan endi o‘quvchilar, pedagoglar va ota-onalar uchun yanada keng imkoniyat hamda qulayliklar eshigini ochmoqda. Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan ushbu yangi bino barcha uchun barakali va manfaatli bo‘lsin. Zotan, qishloqlarimizdagi bunday ijobiy o‘zgarishlar misolida Vatanimiz yanada taraqqiy etaversin!
@yusufjon_y✅