📢 DIQQAT! «MILLAT MINBARI» JURNALIGA SOTUV MENEJERLARI ISHGA TAKLIF QILINADI
Kanalimdagi o‘zimning shogirdlarim yoki menga yaqin bo‘lgan, ishonchli qizlardan jamoaga odam olish niyatim bor. Shu sababli ishni imkon qadar batafsil tushuntirib qo‘ymoqchiman.
💼 Ishning o‘zi nimadan iborat?
Sizning asosiy vazifangiz — «Millat minbari» jurnalining PR va sotuv yo‘nalishida ishlash.
Ishning asosiy qismi viloyatlardagi tashkilotlar bilan ishlashdan iborat bo‘ladi.
Siz tashkilotlar bilan bog‘lanasiz yoki bevosita tashkilotga borasiz, jurnalni tanishtirasiz va tashkilotning jurnalga obuna bo‘lishini yo‘lga qo‘yasiz.
Shuningdek, tashkilot faoliyati haqida PR maqola tayyorlash uchun ma’lumot to‘planadi. Ya’ni siz faqat jurnal sotmaysiz — tashkilot bilan aloqa o‘rnatasiz, uning faoliyatini o‘rganasiz va jurnal orqali yoritish imkoniyatini taklif qilasiz.
🎯 Oddiy qilib aytganda:
Tashkilot → jurnalni tanishtirish → obuna → tashkilot haqida PR material → doimiy aloqa.
Shuning uchun bu ishni oddiy “telefon qilib jurnal sotish” deb tushunmaslik kerak.
Bu — sotuv + PR + jurnalistika + odamlar bilan ishlash aralashmasidan iborat ish.
💰 Daromad
Standart oylik — 6 000 000 so‘m.
Bundan tashqari, sotuv natijasiga qarab bonuslar mavjud.
📈 Yaxshi natija ko‘rsatgan xodimning umumiy daromadi 30 000 000 so‘mgacha yetishi mumkin.
Ya’ni qancha ko‘p natija qilsangiz, daromadingiz ham shuncha oshadi.
🕐 Ish tartibi
Bu to‘liq stavkadagi ish.
❌ Talaba bo‘lib o‘qish bilan birga olib borish uchun mo‘ljallanmagan.
❌ Masofadan turib ishlash imkoniyati yo‘q.
❌ “Bo‘sh vaqtimda ishlayman” formatidagi ish emas.
Chunki ishning asosiy qismi viloyatlardagi tashkilotlar bilan bevosita ishlashni talab qiladi.
Shuning uchun ayni vaqtda o‘qishga kira olmagan yoki masofaviy ta’limga kirgan, to‘liq ishlash imkoniyatiga ega qizlar uchun ayniqsa yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkin.
👩💼 Kimni izlayapmiz?
Men uchun diplomdan ko‘ra quyidagi jihatlar muhimroq:
— odamlar bilan bemalol gaplasha olish;
— o‘z fikrini tushuntira olish;
— uyatchan bo‘lib qolmasdan tashkilotlarga murojaat qila olish;
— mas’uliyatli bo‘lish;
— sotuvga qiziqish;
— natija qilishga harakat qilish;
— jurnalistika va media sohasiga qiziqish.
Jurnalistikadan xabardor bo‘lish — katta ustunlik.
Chunki ish davomida tashkilot faoliyatini tushunish, savol berish, ma’lumot yig‘ish va PR material bilan ishlashga to‘g‘ri keladi.
❤️ Nega aynan o‘z shogirdlarimni izlayapman?
Bu e’lonni oddiy vakansiya sifatida emas, o‘zim ishonadigan odamlarni jamoaga yig‘ish uchun chiqaryapman.
Shuning uchun kanalimizni anchadan beri kuzatib kelayotgan, jurnalistika bo‘yicha darslarimda qatnashgan yoki meni yaxshi taniydigan qizlar bo‘lsa, birinchi navbatda sizlardan murojaat kutaman.
Ayniqsa:
🎓 O‘qishga kira olmagan bo‘lsangiz;
🎓 masofaviy ta’limga kirgan bo‘lsangiz;
💼 to‘liq ishlashga va o‘zingizni sinab ko‘rishga tayyor bo‘lsangiz — bu imkoniyatni ko‘rib chiqing.
Bu ish orqali nafaqat daromad olish, balki PR, sotuv, jurnalistika va tashkilotlar bilan professional muloqot qilish tajribasini ham olasiz.
Agar “men buni uddalay olaman” deb o‘ylasangiz, aloqaga chiqing.
📩 Telegram: @jahongirboltaboyev1
📞 910 041 898
«Millat minbari» jamoasida ishlashni istagan qizlar murojaat qilishi mumkin.