Menejment sohasida kerakli eng muhim ko’kinmalar qaysi? 5 yil oldin… — Xurshid Saidmuhammad | Notes — TG.ME

Forwarded fromMAMaqsadli Menejment
Menejment sohasida kerakli eng muhim ko’kinmalar qaysi?

5 yil oldin birinchi marta professional darajadagi jamoani boshqarish vazifasiga o’tdim. O’zimcha yetakchilik qobilyatim bor, jamoa boshqarishda qandaydir tajribalar yig’ganman, lekin qanday qilib kuchli Menejer bo’lishni bilmayman.

Birinchi qilgan ishim - bu kompaniyadagi men 2 yildan keyin erishmoqchi bo’lgan natijaga erishgan xodimni topish va uni o’zimga mentor qillib olish bo’ldi. Mentorimga yuqoridagi savolni berdim. Quyidagi 3 ta muhim ko’nikma ustida ishlashim kerakligi haqida aytib berdi:

1. Decision-making (Qaror qabul qilish) ko’nikmasi. Chunki xodimlar doim muhim qarorlar qabul qilishni menejerdan kutadi va bu orqali ularning ishonchiga tezroq kirish mumkin.

2. Problem-solving (Muammoni hal qilish) ko’nikmasi. Chunki Menejerning asosiy vazifasi kompaniya oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish, natija ko’rsatish. Kelib chiqqan muammolarga to’g’ri yechim berish orqali jamoa minusga kirib ketish oldini olinadi.

3. Communication (Muloqot) ko’nikmasi. Chunki jamoa Menejer kutgan natijani berishi uchun yo’nalishni yaxshi tushunib olishi kerak. Maqsadlar, kutuvlar va strategiyalarni tushuntirayotganda yangi kirgan xodimdan tortib veterangacha bittada tushunadigan tilda kommunikatsiya qilish kerak.

Bu maslahatni jiddiy qabul qilib, keyingi 6 oy faqat shu ko’nikmalar ustida ishladim. 1 oy o’tgandan keyin quyidagi ijobiy natijalarni ko’rishni boshladim:

- Boshida faqat bir taraflama munosabat bo’lardi. Faqat men tomondan xodimlarga murojaat bo’lardi. Endi ba’zi xodimlar men bilan ochiq suhbatlashishni boshladi. Ikki taraflama munosabat boshlandi.

- Qarorlar qabul qilishda ko’proq o’zim bosh qotirib yurardim. Endi jamoadagi talantlar bilan birgalikda muhokama qilishni boshladim. Va olingan qarorlarga xodimlarning ko’proq qismi ergashishni boshladi.

- Jamoada mendan bilimliroq, kuchliroq talantlar borligini tan olishni boshladim. Bu menga ba’zi qarorlarni qabul qilish vakolatini anashu talantlarga berish va boshqa muhim ishlarga ko’proq vaqt ajratishimga yordam bera boshladi.

- ENG muhimi - o’zimga bo’lgan ishonchim yanada oshishni boshladi.

Xulosa shuki, Menejment bo’ladimi yoki boshqa har qanday soha bo’ladimi, boshlanishida keyingi 2-5 yilda nimaga erishmoqchisiz uni aniqlash va shu yo’ldagi eng muhim ko’nikmalar ustida ishlashdan boshlash kerak.

📌 @maqsadli_menejment
👍6🔥4❤2
September 21, 2024 1.4K 7