Yangi yilni hamma o’z madaniyatidan kelib chiqib har xil boshlasa kerak. Lekin umumiy olib qaraganda deyarli barcha davlatlarda yangi yilda birinchi marotaba ko’rishgan tanishlariga “Yangi yil bilan tabriklayman” deb aytsa kerak.
Yaponlarda esa biroz boshqacha. “Yangi yil bilan tabriklayman!” degan gapga yana bir ajoyib gapni qo’shib aytishadi:
“今年も宜しくお願いします!” (O’qilishi: kotoshimo yoroshiku onegaishimasu) - ya’ni “Yangi yilda ham hamkorligimiz davomli bo’lsin!”
Ko’pincha bu gapni shu inson bilan qandaydir munosabatlar olib borayotgan bo’lsangiz aytasiz. Masalan, farzandingizni maktab/bog’chadagi ustoziga, ishxonadagi kollektivga, doimiy foydalanadigan servisingizga, doimiy boradigan restaurant/kafe xodimlariga va hkz.
Biz ko’pincha biror kimga “Rahmat” so’zini voqea tugab bo’lgandan keyin aytamiz.
- Rahmat, o’g’limni yaxshi o’qitib berganingiz uchun;
- Rahmat, ishimni bitirib berganingiz uchun;
- Rahmat, mazali ovqat uchun va hkz.
Ana endi tasavvur qiling! Endigina boshlangan butun boshli yil uchun shu yil davomida men uchun sarflaydigan vaqtingizga, bilimingizga, mehnatingizga, hamkorligimizga oldindan RAHMAT deyish qanchalik munosabatlarni mustahkamlaydi, qanchalik o’zaro xurmatni oshishiga sabab bo’lishi mumkin.
Xullas yil endi boshlanganiga ko’ra, siz azizlarga bu yil ham birga bo’lishingiz, postlarimni o’qishga sarflaydigan vaqtingiz va safimiz kengayishi uchun sababchi bo’lishingiz uchun 今年も宜しくお願いします!





