Yaponlar 3 yoshgacha nimalarni o’rgatishni muhim deb biladi?! O’tgan… — Xurshid Saidmuhammad | Notes — TG.ME

Yaponlar 3 yoshgacha nimalarni o’rgatishni muhim deb biladi?!

O’tgan yili eng ko’p o’qilgan postimda bu haqida qisman yozib o’tgandim. Bu safar biroz to’liqroq ulashmoqchiman. Bir necha qismli post bo’lishi ham mumkin.

Yaponlar nafaqat davlat o’laroq ichki madaniyatda, qolaversa millat o’laroq boshqa davlatlarga borsa ham o’sha madaniyatni, tartibni namoyon qilishini juda ko’p xalqaro musobaqalarda guvohi bo’lganmiz.

Xo’sh, buning sababi ular doim ma’lum bir chizib berilgan ramka ichida katta bo’lgani uchunmi? Yoki qayerda bo’lmasin yagona bir programmada ishlaydigan robort qilib tarbiyalangani uchunmi?

Qisman yuqoridagi sabablar javob bo’lishi mumkin. Lekin men 3 yoshgacha berilgan maktabgacha ta’limdagi ham akademik, ham ijtimoiy qiyinchiliklarga tayyorlaydigan tizimida deb bilaman.

Bu tizimdagi eng muhim ko’nikmalardan bular - Intizom va Sabrli bo’lish.

Intizom deganda turli ta’rif berish mumkin, lekin men 4,5 yoshli farzandimda quyidagi holatlarni kuzatib o’zim uchun xulosalar oldim:

- Oddiy qoidalarga amal qilish (Masalan, tish yuvayotganda suvni oqizib qo’ymaslik);
- Xonadan chiqishda chiroqni o’chirib yurish, yoqiq qolsa tanbeh ham beradi hechkim yo’qku bu xonada deb
- Qorni to’ygunicha ovqatlanish (Masalan, dasturxondagi hamma narsani yeyman deb harhasha qilmasligi yoki uvol bo’lmasin deb uni majburlamasligimiz;
- O’yinchoqlarini har qancha tartibsiz o’ynasa ham oxirida o’zi yig’ishtirib qo’yishi;
- Hojatxonaga 3 yoshidan boshlab faqat o’zi kirishi;
- 2 mahal tish yuvish, svetaforga amal qilish, ko’chadan kelib qo’lni yuvish va hkz.

Sabrli bo’lishni esa har xil jamoaviy o’yinlar orqali shakllantiradi. Masalan, qaysidir o’yinchoqni navbat bilan o’ynash va sherigi o’ynab bo’lgunicha sabr bilan kutishni 1 yoshligidanoq o’rgatiladi. Ko’pincha buning ta’sirida bolalar nimadirni biror kishi bilan bemalol ulashishga tayyor bo’lishadi, yoki biror joyda navbatlari kelishini sabr bilan kuta olishadi. Bir safar suzish maktabida o’g’lim suvni ichida o’yin bilan bo’lib oldidagi boladan (navbatidan) o’tib ketib qoldi. O’zbekda😁 Ustozi darrov kelib navbatni to’g’rilab qo’ydi.

Ya’ni, oq-qorani hali ajratishni bilmaydigan bolalarga bu kabi ko’nikmalarni o’rgatish aslida anchagina oson. Chunki ular oppoq qog’oz kabi, nimani yozsangiz shuni ko’rsatadi.

Keyingi postlarda yana bir boshqa muhim ko’nikma haqida yozishga harakat qilaman.

🟩 @yetakchi_notes
Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
Nega 3 yoshdan keyin kech? Rasmdagi xabar favqulotda holatlarda yuboriladigan trevoga. Yaponiyada yer qimirlasa, telefonlarga judayam baland ovozda shunaqa trevoga xabarlar keladi. Bugun ertalab soat 6:30da xuddi shunday xabar keldi. Ayolim bolalar uyg’onib…
1👍11🔥4❤1❤‍🔥1😱1
January 3, 2025 1.8K 21