Har doim to’g’ri qayd olish va ma’lumotlardan to’g’ri vaqtda tizimli foydalanish masalasida qiynalib kelganman. PARA, Zettelkasten, Bullet journaling... Bu usullardan qaysidir paytlar foydalanib ham ko’rganman.
Va bu meni asrlar davomida amalda bo‘lib kelgan va eslatma yozishning har qachongidan ham ko‘ra qiziqarli va yoqimli bo’lgan usulni o’rganishga sabab bo’ldi.
Bu "Commonplacing" - “Oddiylashtirish” usuli. Bu o‘rganilishi kerak bo‘lgan yana bir tizim emas — shunchaki tarixdagi buyuk aql egalari tomonidan qo‘llanilgan go‘zal va oddiy amaliyot:
- Leonardo da Vinchi
- Tomas Jefferson
- Mark Tven
- Genri David Toro
Va menimcha, bu bizning ma'lumotlarga to‘lib-toshgan dunyomizda aynan bizga kerak bo‘lgan narsa.
Commonplace usulini qanday boshlash kerak:
✅ Qaydga olish ilovasini tanlang. Buni ortiqcha o‘ylamang yoki mukammal tizim yaratishga vaqt sarflamang. Shunchaki narsalarni osongina yozib olishingiz mumkin bo‘lgan eslatma yozish ilovasini tanlang. Bu Evernote, Notion, Tana yoki shunchaki Apple Notes bo‘lishi mumkin. Tanlangan ilovada 'Commonplace Kitobi' deb nomlangan fayl oching, va siz boshlashga tayyorsiz.
✅ Diqqatni tortgan narsalarni shu faylga qayd qilishni boshlang. Sizni rostdan qiziqtirgan iqtiboslar, g‘oyalar yoki ommaviy axborot vositalaridagi maqolalarni saqlashni boshlang. Bu yerda asosiy narsa sizning commonplace kitobingizni filtr sifatida ishlatishdir. Bu topgan hamma narsangizni saqlab, keyin hech qachon qaytib qaramay qolib ketishi uchun emas. Bu sizni qandaydir ma'noda ilhomlantiradigan, sizga biror narsa aytadigan narsalarni jamlash joyidir. Bu bosqichni ham ortiqcha o‘ylamang. Agar biror ma’lumot sizni ilhomlantirsa, uni saqlang.
✅ Yaxshiroq izlanish uchun vaqt ajrating. Commonplace kitobingizni qayta ko‘rib chiqish va qaysidir ma’lumotni tadqiq qilish uchun muntazam vaqt belgilashni rejalashtiring. Balki bu har yakshanba biror kafeda ertalabda yoki uyda kechki tinch vaqtda bo’lishi mumkin. Bunda jiddiy izlanish qilib chiqish shart emas. Asosiysi, ma'lumotlarni saralash va sizni ilhomlantirgan joyingizni oddiygina o‘rganish vaqti deb tushuning.
✅ Eslatmalaringizni ko‘zdan kechiring. Eng qiziqarlisini tanlang va shu haqida yozishni boshlang. Nima e'tiboringizni olganini, nima uchun bu siz uchun muhimligini, bu haqida qanday savollaringiz borligini yozing? 5 yoshli bola kabi bo‘ling, barcha savollarni bering va keng ko‘z bilan o‘rganing.
💡Expert maslahati: Hamma ma’lumotlarni kategoriyalab chiqish haqida juda ko‘p qayg‘urmang. Bir nechta kategoriyalar foydali bo‘lishi mumkin, lekin haqiqiy ilm ma’lumotlarni erkin o‘rganishda davom etganingizda va kutilmagan bog‘lanishlar qilishiga imkon berganingizda sodir bo‘ladi. Shaxsan men bu usuldan foyalanishni boshlaganimdan beri tadqiqot qilish, kreativroq bo’lish va yanada qiziquvchan bo’lib boryapman.
Shunday qilib, eslatmalar yozishni murakkab yo’llaridan charchagan bo‘lsangiz, bu usul siz uchun bo‘lishi mumkin.

