Yaqinda O’zbekistonga 2 oydan oshiq muddatga borib keldim. Oxirgi 10 yil ichida 1-marta bunaqa uzoq muddatga qaytishim.
Uzoq muddat yursangiz atrofni ko’proq analiz qilish imkoni bo’lar ekan. Lekin meni eng xayratga solgan narsa - bu odamlar o’zini BECHORA pozitsiyaga solib olgani.
Qanaqa qilib, rostdan ham odamlar qiynalyapti deyishingiz mumkin?
Keling bir oddiy voqea bilan tushuntirib beraman. Bundan 5 yil oldin uylangani qaytganimda bir davrada yaqinlar bilan suhbatlashib qoldik. U yerdagi tanishim mahallasidagi men umuman tanimaydigan “Falonchiyevlar” haqida gap ochib qoldi: ularning oilasida hamma oliy ma’lumotliligi, shuning uchun har oy uyiga falon million daromad kelishi, va bir qancha bog’lar qilib ishlari yaxshi bo’lib ketgani haqida. Va buni u tanishim maqtanib aytib bergandi, xuddi o’zi erishgandek.
Oradan 5 yil o’tib o’sha tanishim bilan yana bir davraga tushib qoldik. Ishoning, boyagi “Falonchiyevlar” haqida 5 yil o’tib ham yana maqtanib aytib berdi.
Ya’ni anavu tanishim 5 yil ichida o’ylab ham ko’rmaganki, nima qilsam menda ham shunaqa daromad bo’lishi mumkin deb.
Bu kabi misollarni ko’plab keltirishim mumkin, qaysiki o’zini BECHORA pozitsiyaga solib boshqalar yutug’i bilan o’zini ovutib yurganlar haqida.
BECHORA pozitsiyaga o’tib olib erishishingiz mumkin bo’lgan narsa faqat o’zingizni ovutish xolos. Maslahatim, har doim “Nima qilsam yanada hayotim yaxshilanadi?” deyishga o’tib oling.


