O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ: post #65570 — TG.ME

🇺🇿🇧🇾 Qo‘shma ta’lim dasturlari talabalari Minsk shahrida!

Ayni vaqtda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Belarus davlat chet tillari universiteti o‘rtasidagi Qo‘shma ta’lim dasturlarining magistratura bosqichi — “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili)” yo‘nalishi talabalari 2-bosqich o'quv yilini davom ettirish uchun Minsk shahriga yetib borishdi. 🇧🇾

Talabalar bilan birgalikda O‘zDJTU Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Feruza Rashidova ham Minsk shahriga tashrif buyurdi.

Ayni paytda talabalarni yotoqxonaga joylashtirish hamda o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib borilmoqda. 🎓📚

Qo‘shma ta’lim dasturi doirasidagi ushbu xalqaro akademik tajriba talabalarimizning kasbiy va ilmiy rivojiga katta hissa qo‘shishiga ishonamiz.

🎓 Yangi shahar. Yangi bilimlar. Yangi imkoniyatlar!

Talabalarimizga Minskdagi ta’lim jarayonida muvaffaqiyat tilaymiz! 🇺🇿🤝🇧🇾

https://t.me/uzdjtu_qtd
❤12🔥3👍2🤩1
September 1, 2026 2.7K 1 8