Mustaqillik35 🇺🇿AZIZ VATAN, O‘ZBEKISTONIM! Sen bilan tirikdir tanam… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

#Mustaqillik35

🇺🇿AZIZ VATAN, O‘ZBEKISTONIM!

Sen bilan tirikdir tanam va jonim,
Allohning tuhfasi sendirsan shonim,
Bayrog‘ing ostida jo‘sh urar qonim,
Jahon uzra bitta, O‘ZBEKISTONIM!

Buyuklar izi bor tuproqlaringda,
Millionlab jon yig‘lar firoqlaringda,
Moziyning sadosi quroqlaringda,
Jahon uzra bitta, O‘ZBEKISTONIM!

Nomingni tanitgan dostonlaring bor,
Pahlavon Mahmuddek posbonlaring bor,
Shavkatu-shoningdek sarbonlaring bor,
Jahon uzra bitta, O‘ZBEKISTONIM!

Ilmu-fan taraqqiy etgan makonsan,
Otamsan, onamsan, quyosh, osmonansan,
Baxtu-saodatga mangu zabonsan,
Jahon uzra bitta, O‘ZBEKISTONIM!

✍️ O‘zDJTU Xalqaro
Jurnalistika fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Eshonqulova Dilafro‘z Alisher qizi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤11
September 1, 2026 1.9K 1 1