Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan!

😊 Ingliz tili ikkinchi fakulteti XT-2 2524-guruh iqtidorli talabasi Ochilova Gulsevar Odil qizi tomonidan Vatanga boʻlgan muhabbat, istiqlol qadri va yurt ravnaqini tarannum etuvchi “Tabriknoma” sheʼri yozildi.

Sheʼrda Oʻzbekistonning goʻzal tabiati, buyuk tarixi, jasur ajdodlari, maʼrifatparvar qizlari hamda mustaqillik yillarida erishilgan ulkan yutuqlari samimiy satrlar orqali ifoda etilgan.

📝Tabriknoma

Bir goʻsha bor jannat isi taralgan,
Bir goʻsha bor quyosh nuri qaragan.
Bir goʻsha bor hur siymolar yaralgan,
Chamanzorim, sajdagohim, bogʻu boʻston,
Mustaqillik muborak ey Oʻzbekiston.

Senga taʼzim aylagayman har qadam,
Mehring ila orom olar har odam.
Senga boʻlgan hurmatim ham bir olam,
Chamanzorim, sajdagohim, bogʻu boʻston,
Mustaqillik muborak ey Oʻzbekiston.

Sen onamsan, qaynoq mehring tanda jon,
Temuriylar tomirida oqqan qon.
Mard oʻgʻlingga taslim boʻldi Chingizxon,
Chamanzorim, sajdagohim, bogʻu boʻston,
Mustaqillik muborak ey Oʻzbekiston.

Qizlaring bor Zulfiya-yu Nodira,
Ular bilan oʻchmas sira xotira.
Chevarlaring har ishida mohira,
Chamanzorim, sajdagohim, bogʻu boʻston,
Mustaqillik muborak ey Oʻzbekiston.

Oʻtdi necha zulmatli kunlar,
Ortda qoldi qorongʻu tunlar.
Bugun mana sayrar bulbullar,
Chamanzorim, sajdagohim, bogʻu boʻston,
Mustaqillik muborak ey Oʻzbekiston.

Bugun mana har koʻngillar shod-xurram,
Hech kimda yoʻq tinch zamonda gʻam-alam.
Sevinch ila koʻngillar ham bir olam,
Chamanzorim, sajdagohim, bogʻu boʻston,
Mustaqillik muborak ey Oʻzbekiston.

Bugun keldi yuksalishning fursati,
Butun dunyo senda boʻldi hayrati.
Sheʼr yozmoqda Qashqadaryo farzandi,
Chamanzorim, sajdagohim, bogʻu boʻston,
Mustaqillik muborak ey Oʻzbekiston.

🇺🇿 Mustaqillik muborak, jonajon Oʻzbekiston!


😊Ingliz tili ikkinchi fakulteti ijtimoiy tarmoqlariga obuna bo’lishni unutmang!

📱Telegram. 📱Instagram
❤17🎉3🤩3👍1
September 1, 2026 2.8K 1 6