O‘ZDJTU TALABASINING ILMIY-OMMABOP KITOBI NASHRDAN CHIQDI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qo‘shma ta’lim fakulteti 3-bosqich talabasi Normurodov Xudoyor Ziyomiddin o‘g‘lining “Pudina mahallasi tarixi” nomli ilmiy-ommabop asari nashrdan chiqdi.
158 sahifadan iborat mazkur kitobda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Pudina mahallasining tarixi, madaniy merosi va mahalliy qadriyatlari ilmiy-tarixiy jihatdan o‘rganilgan. Ushbu tadqiqot talabaning o‘lkashunoslik, tarix, tasavvuf merosi va mahalliy madaniy merosga bo‘lgan qiziqishlari asosida yaratilgan.
Kitob muallifi Xudoyor Normurodov O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov bilan uchrashib, yangi nashrdan bir nusxani universitet Axborot-resurs markaziga sovg‘a sifatida topshirdi.
Rektor talabaning ilmiy-ijodiy
izlanishlarini yuqori baholab, yoshlarning bunday tashabbuslari universitet uchun faxr ekanini ta’kidladi.
Ilmiy izlanishlari va ijodiy ishlari bilan universitet hayotida faol ishtirok etayotgan Xudoyor Normurodovga kelgusidagi ilmiy-ijodiy faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!














