O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Angren xorijiy… — Axborot Resurs Markazi💡 | Информационно ресурсный центр — TG.ME

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Angren xorijiy tillar fakultetida 1-kursga qabul qilingan talabalarning universitet hayotiga moslashuvi, bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida “Birinchi kurs maktabi” loyihasi doirasida qiziqarli va mazmunli tadbirlar tashkil etildi.

“Axborot-resurs markazi bo‘ylab sayohat” dasturi doirasida talabalar quydagilar bilan tanishib chiqdilar:
—Axborot-resurs markazda tashkil qilingan imkoniyatlar;
—Axborot-resurs markazidan samarali foydalanish qoidalari;
— Elektron va bosma adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlari;
— Mustaqil ta’lim va izlanish uchun zarur manbalarni topish;

Aziz talabalar!
Universitetdagi har bir kun — kelajak sari qo‘yilgan muhim qadam. Bugun o‘qilgan bir sahifa kitob, o‘rganilgan bir yangi bilim ertangi muvaffaqiyatingiz uchun mustahkam poydevor bo‘lishi mumkin.
🔥3
September 7, 2026 47 1