O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakultetining 1-bosqich talabalari fakultet o‘qituvchisi D. Mustofoyeva boshchiligida Universitet Axborot-resurs markaziga tashrif buyurdilar.
Mazkur tashrif davomida talabalar kutubxonaning faoliyati, kitob fondi va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Axborot-resurs markazi mutaxassisi Sh. Artikova talabalarga kutubxonadan foydalanish qonun-qoidalari, adabiyotlarni izlab topish va ulardan to‘g‘ri foydalanish tartibi haqida tushuntirishlar berdi. Shuningdek, o‘quv jarayonida zarur bo‘ladigan darsliklar, badiiy adabiyotlar hamda boshqa axborot manbalaridan samarali foydalanish bo‘yicha ham ma'lumot berdi
📚 Yosh kitobxonlarga ilm olish yo‘lida omad, izlanish va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
September 7, 2026 2.3K 4





