📚 O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari Axborot-resurs markazida!
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining (O'zDJTU) sirtqi va kechki ta’lim fakulteti talabalari universitetning Axborot-resurs markaziga (ARM) tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida yoshlar markaz faoliyati va unda yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, mutaxassislar tomonidan quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ma'lumotlar berildi:
Kitoblar fondi: O'quv, ilmiy, ommabop va xorijiy tillardagi badiiy adabiyotlar bazasi bilan tanishuv.
Elektron resurslar: Zamonaviy elektron kutubxona tizimidan masofaviy foydalanish, xalqaro ilmiy bazalarga kirish va kerakli manbalarni onlayn izlash tartibi.
O'quv zallari: Darslardan so'ng mustaqil tayyorgarlik ko'rish uchun mo'ljallangan shinam va sokin o'quv zallaridagi shart-sharoitlar.
Barcha talabalarimizni bo'sh vaqtlarini kutubxonada, ilm va kitob mutolaasi bilan o'tkazishga chorlab qolamiz!
2September 7, 2026 25




