📚 1-BOSQICH TALABALARI AXBOROT-RESURS MARKAZI BILAN TANISHDILAR
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori Z. Nazarova boshchiligida “Kutubxona, ilm va ma’naviyat maskani” tadbirlari
doirasida 1-bosqich talabalari Universitet Axborot-resurs markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yangi talabalarni Universitet Axborot-resurs markazining faoliyati, imkoniyatlari hamda mavjud axborot-kutubxona resurslari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
Tashrif davomida talabalarga markazdagi badiiy, ilmiy, o‘quv va elektron adabiyotlar, ulardan foydalanish tartibi, kerakli kitoblarni izlash hamda elektron resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalarga kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mustaqil ta’lim olish va universitet kutubxona resurslaridan unumli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
1-bosqich talabalariga o‘qishlarida ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌱📚
1September 7, 2026 2.3K 6





