Bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirganlar uchun muhim… — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — TG.ME

✨✨✨✨

Bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirganlar uchun muhim yangilik!

🇺🇿 Hukumatning tegishli Qaroriga asosan, 2026-yildan boshlab bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) berish amaliyoti joriy qilindi.


✅ Murojaat yuborish uchun:

🔺Pedagog.uzedu.uz platformasida Profilingizga kiring.
🔺"Murojaatlarim" bo‘limini oching.
🔺To‘g‘ridan-to‘g‘ri turni tanlang.
🔺Kerakli formalarni to‘ldiring.
🔺Oxirgi formadan imtiyoz tanlash qismida "Imtiyozli bakalavr diplomi" ni tanlang.
🔺Yuborish tugmasinini bosing.

❕Eslatma: Murojaat yuborishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

✍️ Vazirlikning rasmiy pedagog.uzedu.uz platformasi orqali
✍️ Davlat xizmatlari markazlari orqali
✍️ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali

🔺Shuningdek, 2026-yildan boshlab magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʼlo) baho (90 — 100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi)” berish imtiyozini qo'shish bo'yicha Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
September 3, 2026 10.7K 87