Kelajak_soati_haqida 💬 O‘quv yili “Kelajak soati” mashg‘ulotlari… — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — TG.ME

#Kelajak_soati_haqida

💬 O‘quv yili “Kelajak soati” mashg‘ulotlari bilan boshlandi

🔆Yangi o‘quv yilining ilk darsi maktablarimizda nafaqat bilim, balki Vatanga daxldorlik, tinchlik va birdamlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratilgan “Kelajak soati” mashg‘ulotlari bilan boshlandi.


⏰ “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda tinchlik va erkinlikning qadri, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida fikr yuritildi.

🔵 Suhbat va muloqotlar davomida o‘quvchilar o‘z orzu va maqsadlari haqida so’zlab berishdi.

📍 Videolavhada Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 30-maktabdagi jarayonlar aks etgan.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
September 3, 2026 13.4K 49