Islohotlar_samarasi "Jasorat maktablari"da qaysi fanlar… — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — TG.ME

#Islohotlar_samarasi

"Jasorat maktablari"da qaysi fanlar chuqurlashtirilib oʻqitiladi?

2025-2026 oʻquv yilidan Respublikamiz boʻylab 208 ta (har bitta tuman (shahar)da bittadan) “Jasorat maktablari” faoliyatini yoʻlga qoʻyildi.

📊 Ayni vaqtda mazkur maktablarda 10 ming nafardan ortiq oʻquvchilar tahsil olmoqda. Bunda har bir sinfga 26 nafardan oʻquvchi qabul qilinadi.

🔰 Mazkur maktablarda qabul imtihonlari 4-sinfni bitirgan oʻquvchilar oʻrtasida, ikki bosqichda — test sinovlari va jismoniy tayyorgarlik tarzida boʻlib oʻtadi. Arizalar onlayn tarzda, ariza.piima.uz platformasi orqali yuboriladi.

🔹 Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinovlarda 4-sinf uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturi doirasida har bir o‘quvchiga 5 tadan jismoniy mashqlar beriladi.

✈️Shuningdek, joriy yilda ilk bora “Jasorat maktabi” oʻquvchilari oʻrtasida “Jasorat uchqunlari” harbiy vatanparvarlik va sport musobaqasi tashkil etildi. Gʻoliblar Ozarbayjon davlatiga ta’lim sayohatiga yuborildi.

➖ "Jasorat maktablari"da matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitilmoqda.

📍 Shuningdek, robototexnika, tibbiy tayyorgarlik, huquqiy savodxonlik, milliy sport oʻyinlari kabi toʻgarak mashgʻulotlari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
September 4, 2026 11.3K 74