Reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha… — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — TG.ME

Reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali vaucher orqali qoplab beriladi

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.

Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard so‘m ajratilgan.

Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi.

Bir haftada ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi,

– dedi davlatimiz rahbari.

Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi.

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
September 3, 2026 14.7K 70