Pedagog kadrlar attestatsiyasi yo‘nalishida:
🌐 Yangi tartibga muvofiq o‘qituvchilarning mutaxassislik fani, kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi hamda pedagogik mahoratini baholash orqali attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.
🔰 Sinov jarayonini shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida FaceID (yuzni tanish) hamda Blockchain (ma’lumotni o‘zgarmas shaklda saqlash) texnologiyasidan amaliyotda foydalanilmoqda.
Ma’lumot uchun: Blockchain texnologiyasi ma’lumotlar o‘zgartirilgan taqdirda bazada saqlanadi va ushbu o‘zgarishlarni oson aniqlash imkonini beradi. Ushbu mexanizm attestatsiya jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan falsifikatsiya hodisalarining oldini olib, tizimdagi shaffoflikni oshirishga katta hissa qo‘shadi.
🔹Shuningdek, belgilangan tartibga ko’ra, o‘quvchilari yutuqlarga erishgan pedagoglarga to’g’ridan-to’g’ri malaka toifalarini berish amaliyoti ham yo’lga qo’yilgan.
📊 2025-yildan boshlab malaka toifasi natijalari "Yil o‘qituvchisi" tanlovi va "Vazir jamg'armasi" sinovlarining birinchi — saralash bosqichi sifatida amalga oshiriladi.
Bizni kuzating: