Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi: post #45322 — TG.ME

✅✅✅✅
#Биринчи_қўнғироқ

Bo’stonliq tumanidagi 34-maktabga atoqli qozoq yozuvchisi nomi berildi

🔴 Bugun yurtimizning barcha umumta’lim maskanlarida 2026-2027-o‘quv yilining birinchi dars soatlari boshlandi.

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, 34-maktabda tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — spichrayter Xayriddin Sultonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, keng jamoatchilik vakillari va Qozog’iston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Malik Otarbayev boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirok etishdi.


🔰 Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab o‘quvchilari va ustoz-murabbiylarga tabrigi o‘qib eshittirildi.

➖ Shuningdek, yangi o’quv yilida kutilayotgan yangiliklar va sohadagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi.

🌐 Ta’kidlash joiz, mazkur maktabga atoqli qozoq yozuvchisi, dramaturg, tarjimon va jamoat arbobi Rahmetolla Rayimqulov nomi berildi va uning nomidagi raqamli kutubxona ochildi.

⏰ Tadbir davomida bu yil 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga “Prezident sovg‘asi” taqdim qilindi.

🔺 Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov, vazir E’zoza Karimova hamda Qozog’iston delegatsiyasi vakillari ishtirokida o‘quv yilining birinchi dars soati — “Kelajak soati” doirasida “Mustaqillik darslari” bo‘lib o‘tdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
September 2, 2026 8.8K 25