◼️ Malakali kadrlarga ehtiyoji yuqori bo'lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi. Maqsadli qabul: abituriyentning belgilangan tuman yoki shaharga qaytib, kelishilgan muddat ishlab berish sharti bilan o'qishga kirish imkoniyati.
Bu yilgi maqsadli kvotalar:
◽️ 🏥 Tibbiyot (sog'liqni saqlash) — 1 031 o'rin
Ta'lim shakli: bakalavriat, kunduzgi, davlat granti asosida
Yo'nalishlar: Davolash ishi, Pediatriya ishi, Tibbiy profilaktika ishi, Fundamental tibbiyot, Oliy hamshiralik ishi
OTM va hudud: Toshkent tibbiyot universiteti hamda uning Termiz va Chirchiq filiallari; Andijon, Buxoro, Urganch, Farg'ona tibbiyot institutlari; Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti; Qarshi, Namangan, Navoiy va Jizzax universitetlari
Soha: 🏫 Maktab ta'limi (pedagogika) — 648 o'rin
Ta'lim shakli: bakalavriat, kunduzgi, davlat granti asosida
Yo'nalishlar: Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, ingliz tili, ona tili, boshlang'ich ta'lim va boshqalar
OTM va hudud: Nukus, Buxoro, Jizzax, Shahrisabz, Samarqand, Termiz, Chirchiq pedagogika institut/universitetlari; Navoiy va Farg'ona davlat universitetlari
🎭 San'at (teatr) — 4 o'rin
Ta'lim shakli: bakalavriat, kunduzgi, davlat granti asosida
Yo'nalishlar: qo'g'irchoq teatr aktyorligi, dramatik va musiqali teatr rejissyorligi
OTM va hudud: O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti (Andijon, Namangan, Xorazm teatrlari uchun)
Shuningdek, maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha maqsadli qabul parametrlari — 200 ta
Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
