Talabalar sessiya topshirishi butunlay qiyinlashishi mumkin 💻Oliy… — Dtm.uz | Davlat test markazi — TG.ME

⚡️ Talabalar sessiya topshirishi butunlay qiyinlashishi mumkin

💻Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e'lon qilindi. Ushbu tartib 2026/2027-yangi o'quv yilidan boshlab qo'llanilishi ko'zda tutilmoqda.

Loyihadagi asosiy yangiliklar:
◽️Yakuniy nazorat imtihonlari ovozli va video kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o'tkazilishi, video yozuvlar kamida bir yil saqlanishi belgilanmoqda.
◽️Yakuniy nazorat turlarini OTM rasmiy veb-sayti orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi.
◽️Yakuniy nazorat asosan 3–5 tagacha topshiriqdan iborat yozma imtihon shaklida, 2 000 tagacha so'z chegarasi bilan o'tkaziladi; test shaklida savollar soni 25–50 ta bo'ladi.
◽️Talaba bilimini baholovchi professor-o'qituvchi har bir savol bo'yicha kamida 2–3 gaplik izoh (feedback) yozishi talab etiladi.
◽️Yakuniy nazorat imtihonini dars o'tmagan professor-o'qituvchilar qabul qiladi; fan o'qituvchisining o'z guruhi imtihonida ishtirok etishi taqiqlanadi.
◽️100 ball nazorat turlari bo'yicha taqsimlanadi: joriy — 30, oraliq — 20, yakuniy — 50 ball (tibbiyot yo'nalishlarida alohida tartib).
◽️ Saralash ball har bir nazorat turiga ajratilgan ballning 60 foizi etib belgilanadi.
◽️ Ko'rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun imtihonlarni moslashtirilgan shaklda (Brayl, yirik shrift, ekran o'quvchi dasturlar va h.k.) o'tkazish nazarda tutilmoqda.
◽️ Akademik qarzdorlik, yozgi semestrda to'lov asosida qayta o'qish hamda apellyatsiya tartibi batafsil belgilanmoqda.


🏪Loyiha muhokamasi 12-avgustga qadar davom etadi.
Talabalar, loyihaga fikringizni bildiring!


Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
July 30, 2026 22.3K 22