Bu yil yangi chiqqan yo'nalishlar uchun fanlar majmuasi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan 2026/2027 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlarida yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati hamda ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) fanlari majmuasi tasdiqlandi. Yangi ta’lim yo‘nalishlari:
Xorijiy til va adabiyoti: xitoy tili
Filologiya va tillarni o‘qitish: pushtu tili
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: hind tili
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: urdu tili
Davlat auditi
Islomiy moliya
Islom iqtisodiyoti va moliyasi
Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik
Raqamli huquq
Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
Yodda tuting! Test sinovlari yakunlangach, Siz o‘zingiz topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishlarini tanlaysiz.