Abituriyent yoʻnalish tanlashni unutsa, nima boʻladi? ◽️ Yo'nalishni… — Dtm.uz | Davlat test markazi — TG.ME

❓Abituriyent yoʻnalish tanlashni unutsa, nima boʻladi?

◽️ Yo'nalishni tanlashni unutsa:
Bu bosqichda abituriyent yo'nalish tanlashi kerak bo'ladi. Agar 189 ball to'plagan bo'lsa ham, abituriyent yo'nalish tanlashni unutgan bo'lsa, unda OTMga qabul qilinmaydi.

◽️ Tanlov ustuvorligi ahamiyati:
Tanlov ustuvorligi — abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida belgilagan tanlov ustuvorligi («ta’lim granti» yoki «ta’lim yo‘nalishi») bo‘yicha tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish imkoniyatidir.

◽️ Har yili Qabul bo'yicha davlat komissiyasi grant va kontraktga o'tish ballarini tasdiqlaydi. Bu yilgisi hali chiqmadi, lekin bu o'tish ballari bir necha yildan beri o'zgarmay kelyapti. O'tgan yili 68,0 ball grantga, 56,7 esa kontraktga o'tish balli bo'lgan.

Ilgari abituriyent shu minimal o'tish balidan past to'plagan bo'lsa ham, xalq tilida aytiladigan "super-muper" kontrakt orqali pul to'lab o'qishga kirishi mumkin edi. Endi minimal o'tish balidan past to'plagan abituriyent endi hech qanday kontraktga ham qabul qilinmaydi.


Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
August 9, 2026 21.9K 2