SAT sertifikati bilan magistraturaga grant asosida kirish mumkinmi?
SAT sertifikati endi nafaqat bakalavriat, balki magistratura bosqichida ham imtiyoz beradi.
"College Board" tashkiloti tomonidan o'tkaziladigan SAT xalqaro imtihonida eng yuqori ballning 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori natija qayd etgan talabgorlar imtiyozga ega bo'ladi; imtiyoz sertifikat berilgan fanga hamda tamomlagan bakalavriat yo'nalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirganda amal qiladi; ushbu toifadagi talabgorlar qo'shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi; buning uchun SAT sertifikati faqat elektron tarzda, maxsus DI kod orqali Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuborilishi shart — qo'lda yuklangan fayl yoki skrinshotlar inobatga olinmaydi.