━━━━❯ #eslatma ❮━━━━
Ilmsiz amal amalmi?
Faqat tomi ketganlargina ilmga amal qilishni oson deb oʻylashadi va ilm ahli (tolibi ilm, olim)ning ketini poylab, har bir toyilishda malomat qilib, “undan koʻra oʻqima, uq, mana, Eshmat omi boʻlsayam binoyidek yashab, hammaga na’munali boʻlib yuribdi” deydi.
Uqish uchun avval ilm boʻlishi kerakligiga aqli ishlamay qoladi. Ilm amal va da’vatdan avval boʻlishi, ilmsiz amal durust boʻlmasligini tushunmaydi. U “ibodat, amal” deyotgani esa oʻzining nobop qarichi ekanligini oʻylab ham koʻrmaydi.
Shunday ekan, ey doʻstim, ilm olaver, qoʻlingdan kelganicha oʻzingni jaholat zulmatidan qutqar, inson-u jindan boʻlgan shaytonlarning vasvasalariga qarama. Bittada 100% amal qilish imkonsiz, sekin-sekin, bosqichma-bosqich amalda ham oʻsib borasan inshaalloh. Toʻxtama.
@the_fawaid


