THE FAWAID: post #178 — TG.ME

━━❯ #darsdan_lavha 📚❮━━

Imtihonlarda doim 100% natija koʻrsatadigan talaba bu gal bitta savolda qoqildi. Hamma shu savolga xato yozgandi: Amal qachon ibodat boʻladi?

Ustoz savolni butun sinfga qayta berdi, ammo toʻg’ri javob chiqmadi. Dars tugadi, ustoz sinfxonadan chiqib ketdi. Talaba javobni bilish uchun ustozining ortidan yugurdi. Ammo keyingi dars boshlanib qoldi. Kuni boʻyi oʻsha savol unga tinchlik bermadi. Axiyri, darslar bitgach, ustozini topib, boyagi savolni soradi.

“Komil muhabbat va komil xorlik bilan” deb javob qildi ustoz. Talaba birpas oʻylanib turib qoldi, boʻg’ziga nimadir tiqilganday boʻldi va ustoziga tashakkur aytdi. Yoshlangan koʻzlari bilan ortga qaytarkan oʻziga-oʻzi pichirladi:

“Komil muhabbat va komil xorlik bilan! Mana nega aynan shu savolda xato qilgansan! Shu paytgacha qilgan ibodatlaring nima boʻldi endi, notavon banda? Qani ularda komil muhabbat va komil xorlik? Bundan keyin-chi, qanday qilib har amalingda komil muhabbat va komil xorlikni jamlaysan?!..”

@the_fawaid
August 24, 2026 79 2