Energetika muhandisligi” qo‘shma ta’lim dasturiga kirish… — TDMAU | Rasmiy — TG.ME

“Energetika muhandisligi” qo‘shma ta’lim dasturiga kirish suhbatlarining birinchi bosqichi o‘tkazildi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Shimoliy Xitoy energetika universiteti (Xitoy Xalq Respublikasi) bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan “Energetika muhandisligi” qo‘shma ta’lim dasturiga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul doirasida kirish suhbatlarining birinchi bosqichi o‘tkazildi.

Suhbat jarayonida talabgorlarning fundamental bilimlari, sohaga oid tayyorgarligi va bilim darajasi mutaxassislar tomonidan baholandi.

Mazkur jarayon qo‘shma ta’lim dasturiga bilimli va salohiyatli yoshlarni saralab olishga qaratilgan.

📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati

🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube
👍9❤4⚡1
September 19, 2026 1.1K 3