Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Energetika va sanoat muhandisligi fakultetida talabalarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga qiziqishini oshirish hamda atoqli adib Tog‘ay Murodning boy ijodiy merosini chuqur o‘rganish maqsadida “Kitobxonlik” tanlovi tashkil etiladi.
Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, milliy adabiyotimizning nodir namunalarini keng targ‘ib etish hamda talabalarning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish.





