TDMAU | Rasmiy: #35296-post — TG.ME

Besh tashabbus — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar!

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Mexanika va konchilik ishi fakultetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida Besh muhim tashabbus doirasida futbol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada Kompyuter injiniring-25 hamda Logistika-26 yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar davomida ishtirokchilar g‘alaba uchun bor kuchlarini safarbar etib, haqiqiy sport ruhini namoyon qildilar. Musobaqa talaba-yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati

🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube
👍5👏2❤1
October 8, 2026 936 2