Yo‘l muhandisligi kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari arxeologiya… — TDMAU | Rasmiy — TG.ME

Yo‘l muhandisligi kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari arxeologiya muzeyida

TDMAUning Yo‘l muhandisligi kafedrasi o‘qituvchilari hamda yo‘l muhandisligi yo‘nalishining 4-bosqich talabalari uchun Termiz shahridagi Arxeologiya muzeyiga ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida talabalar yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosi, qadimiy sivilizatsiyalar hamda ajdodlarimizdan qolgan bebaho arxeologik yodgorliklar bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur sayohat talabalarning tarixiy bilimlarini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.

📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati

🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube
👏6👍3🔥2⚡1
October 8, 2026 968 11