OIV infeksiyasi profilaktikasiga qaratilgan aksiya o‘tkazildi 📍… — Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi — TG.ME

🩺 OIV infeksiyasi profilaktikasiga qaratilgan aksiya o‘tkazildi

📍 Yunusobod tumanidagi Kunlik ish bilan ta’minlash markazida aholi o‘rtasida OIV/OITS profilaktikasiga qaratilgan tushuntirish va aksiya tadbiri tashkil etildi.

🗣️ Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan fuqarolarga OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, undan himoyalanish choralari va o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.

🩸 Shuningdek, fuqarolarga OIV infeksiyasiga bepul ekspress tekshiruvdan o‘tish imkoniyati yaratildi. Bunday aksiyalar aholiga o‘z salomatligiga e’tibor qaratish, mutaxassislardan kerakli ma’lumotlarni olish va OIV infeksiyasini o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi.


📲telegram 📲 instagram
📲youtube 📲facebook
September 7, 2026 69 3