OIV infeksiyasi turli ichimliklar va oziq ovqatlarni iste’mol qilish… — Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi — TG.ME

❗️ OIV infeksiyasi turli ichimliklar va oziq ovqatlarni iste’mol qilish orqali yuqmaydi;

🩸OIV infeksiyasi quritilgan qon tarkibida - tashqi quyoshli muxitda, ya’ni ultrabinafsha nurlari ta’sirida bir necha daqiqada yuqish faolligini yo‘qotadi;

📎OIV infeksiyasi – nam, sovuq havoda va quyoshsiz (ultrabinafsha nurlarisiz) muxitda bir necha kungacha yuqish faolliyatini saqlashi mumkin;

🖍️OIV infeksiyasi faqat odam organizmida yashash va ko‘payish xususiyatiga ega;

🖍️OIV infeksiyasini yuqtirib olgan odamning so'lagi orqali OIV infeksiyasi yuqimaydi, agar so‘lak tarkibi qonli bo‘lsa, bu holda yuqish xavfi boʻladi.

❗️ OIV infeksiyasidan o‘zingizni va yaqinlaringizngi asrang!

📲telegram 📲 instagram
📲youtube 📲facebook
🔥1
September 7, 2026 76 3