OIV infeksiyasiga tibbiy tekshiruvdan o‘tish – nima uchun muhim?… — Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi — TG.ME

❗️ OIV infeksiyasiga tibbiy tekshiruvdan o‘tish – nima uchun muhim?

Nima uchun tekshiruvdan o‘tiladi?

— Sog‘liq holatini baholash va OIV mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash uchun.

Qay tartibda amalga oshiriladi?

📌 Ixtiyoriy ravishda (o‘z xohishiga ko‘ra)
🖍️ Majburiy ravishda (qonun talab qilgan hollarda)
📎 Gʻayriixtiyoriy ravishda (alohida holatlarda)

Tekshiruv jarayonida nima bo‘ladi?

Dastlabki va keyingi maslahat beriladi
Voyaga yetmaganlar va huquqiy layoqatsiz shaxslar – qonuniy vakili roziligi bilan tekshiriladi
Natija shaxsning o‘ziga (yoki qonuniy vakiliga) beriladi

‼️ Agar OIV aniqlansa:

Keyingi maslahatlashuv o‘tkaziladi
Dispanser hisobiga qo‘yiladi
Shaxs o‘zgaga yuqtirsa jinoiy javobgarlik borligi haqida ogohlantiriladi

❗️ E’tibor bering!

OIV bilan yashovchilar donor (qon va biologik suyuqliklar) bo‘la olmaydi

Xohishga ko‘ra “OIV mavjud emas” degan sertifikat olish mumkin (faqat OITS markazlarida, haq evaziga)

OIVga o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tish – o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qilishning eng samarali yo‘li!

@tashoits
September 5, 2026 63 1