✅ Bilish muhim!!!
- OIV profilaktikasining yana bir muhim qismi bu-muloqotdan keyingi profilaktika (MKP)
- agar Sizda OIV bilan yashovchi yoki begona shaxslar bilan himoyalanmagan jinsiy yaqinlik bo‘lsa,
- noma’lum, ishlatilgan igna, shprislar teringizga kirib ketgan holat bo‘lsa 72 soatdan kechiktirmasdan OITSga qarshi kurashish markazlariga murojaat qiling.
⚡️Yakuniy tekshiruv xulosasiga ko‘ra, shuni yodda tutish zarur!!!
OIV infeksiyasi aniqlangan odam (sir saqlangan holda) zudlik bilan doimiy yashash manzilidagi hududiy OITSga qarshi kurashish markazida dispanser nazoratga olinib, belgilangan tartibda OIVga qarshi dori vositalari beriladi. Natijada, bemor organzmidagi viruslar soni kamayib, immuniteti oshadi va kasalikni boshqalarga yuqishini oldi olinadi. Bemorni hayot tarzi yaxshilanib, umri uzayadi, qachonki shifokor tavsiyasiga amal qilib, doimiy dispanser nazoratiga kelishi, OIVga qarshi dori-vositalarini muntazam o‘z vaqtida qabul qilishi, sog‘lom turmush tarziga amal qilishi zarur.
@tashoits









