🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
🤝 Mustaqillik — xalqimizning erkinligi, tinchligi, o‘z kelajagini o‘zi bunyod etish yo‘lidagi eng ulug‘ qadriyatdir.
Bugun biz bosib o‘tilgan yo‘l, erishilgan yutuqlar va oldimizda turgan yangi marralarni chuqur his etamiz. Yurtimiz taraqqiyoti, shaharlarimiz obodligi, oilalarimiz farovonligi — bularning barchasi tinchlik, birlik va fidokorona mehnat bilan bunyod bo‘lmoqda.
✨ Ushbu qutlug‘ ayyomda har bir xonadonga fayz-u baraka, oilalarga totuvlik, yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik va ezgu niyatlar ro‘yobini tilaymiz.
🇺🇿 Jonajon O‘zbekistonimiz tinch, osmonimiz musaffo, kelajagimiz yanada porloq bo‘lsin!
@tashoits

September 1, 2026 63 1