GO‘ZALLIK SALONLARI VA SARTAROSHXONALARDA GIGIYENIK TALABLAR: MIJOZ… — Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi — TG.ME

GO‘ZALLIK SALONLARI VA SARTAROSHXONALARDA GIGIYENIK TALABLAR: MIJOZ NIMALARNI BILISHI KERAK?

🪄Go‘zallik salonlari va sartaroshxonalarga qo‘yiladigan gigiyenik talablar suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarining mavjudligini, asboblarni muntazam ravishda dezinfeksiya va sterilizatsiya qilishni, xodimlarning shaxsiy gigiyena me’yorlariga rioya qilishini, shuningdek, toza maxsus kiyimlar va bir martalik sarflash materiallaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi.

🩺Aholiga xizmat ko‘rsatadigan sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari, kosmetologiya xizmatlari, jumladan, tatu va boshqa xizmatlar ishchi-xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishlari shart. Bundan tashqari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan asboblar, sochiq, salfetka va choyshablar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

💉Sartaroshlik va kosmetologiya xizmatlari (manikyur, pedikyur, qosh terish, tuk tozalash va boshqa kosmetologiya xizmatlari) jihozlari mijozlarga xizmat ko‘rsatishdan oldin zararsizlantirilib, sterilizatsiya qilingan bo‘lishi kerak.
Har bir mijozga toza sochiq, salfetka, choyshab ishlatilishi va ishlatilgandan keyin yuvilishi kerak.

🦠Gepatit, OIV-infeksiyasi, sil va boshqa yuqumli hamda parazitar kasalliklarning yuqishini oldini olish maqsadida, har bir mijozdan keyin ishlatilgan asboblar zararsizlantiruvchi eritma solingan idishga solinib, 15 daqiqa davomida zararsizlantirilishi, so‘ngra toza suvda yuvilib, sterilizatsiya qilinishi muhim sanitariya-epidemiologik ahamiyatga ega.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
September 2, 2026 73