OIV infeksiyasining oldini olishga qaratilgan aksiya o‘tkazildi 📍… — Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi — TG.ME

🩺 OIV infeksiyasining oldini olishga qaratilgan aksiya o‘tkazildi

📍 Yashnobod tumanidagi “Qo‘yliq” bir martalik ish bilan ta’minlash markazida aholi o‘rtasida OIV infeksiyasi profilaktikasiga qaratilgan aksiya tadbiri o‘tkazildi.

🩸 Tadbir davomida fuqarolarga OIV infeksiyasi, uning yuqish yo‘llari va profilaktikasi haqida mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, OIV infeksiyasiga ekspress tekshiruvdan o‘tkazildi.

🔎 Bunday aksiyalarning ahamiyati shundaki, fuqarolar o‘z salomatligiga befarq bo‘lmasdan, qulay sharoitda OIV infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

💚 Sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang! OIV infeksiyasiga o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘ting!

📲telegram 📲 instagram
📲youtube 📲facebook
September 3, 2026 96 1