Kredit olgandan keyin ko'pchilik “Qanday qilib kamroq to‘layman?” deb o'ylashi tabiiy. Foiz stavkasi berilgan, endi hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydigandek tuyiladi.
Aslida esa o'zgartirish mumkin. Va juda sezilarli darajada. Bu yerda hech qanday murakkab layfhaklar yo‘q. Lekin ishlaydigan, real strategiyalar bor.
Kreditdagi eng muhim qoida oddiy: foiz har doim qolgan qarzdan hisoblanadi
Demak:
Shu sababdan har qanday qo‘shimcha to‘lov sizga ikki marta foyda beradi:
1- asosiy qarzni kamaytiradi
2- keyingi oy to'laydigan foizini pasaytiradi
Bu kichikdek ko‘rinadi, lekin uzoq muddatda katta farq qiladi.
Minimal to‘lov — bu sizni “kechiktirib yashash” rejimida ushlab turadi. Bank uchun bu qulay: siz uzoqroq va albatta ko‘proq foiz to‘laysiz. Siz uchun esa bu eng qimmat yo‘l. Minimal to‘lov kreditni yopmaydi — uni faqat cho‘zadi. Agar imkon bo‘lsa, har oy ozgina bo‘lsa ham ko‘proq to‘lashga harakat qiling — eng to‘g‘ri qaror shu bo'ladi.
Amalda ko‘p kreditlarda muddatidan oldin yopish mumkin, ba’zilarida hatto bu rag‘batlantirilishi ham mumkin.
Lekin bitta qoida bor: shartnomani doim tekshiring! Agar jarima yo‘q bo‘lsa — erta yopish sizning eng katta yutug‘ingiz bo‘ladi. Chunki siz foiz to‘lashni tezroq to‘xtatasiz.
Kreditdagi foiz — bu o‘zgarmaydigan narsa emas. Siz unga ta’sir qila olasiz.
Telegram • Instagram • YouTube




