3 ta odat va siz har oy pul yig‘a boshlaysiz Ko‘pchilik “ko‘proq pul… — Pulli Gap — TG.ME

3 ta odat va siz har oy pul yig‘a boshlaysiz

Ko‘pchilik “ko‘proq pul topishim kerak” deb o‘ylaydi. Lekin aslida pul yig‘ish daromaddan emas, shunchaki odatlardan boshlanadi.

✔️Agar quyidagi 3 ta oddiy odatni hayotingizga qo‘shsangiz, oy oxirida pulim qayerga ketti degan savolingiz yo'qolishi aniq.

1️⃣ “Avval o‘zingga to‘la” qoidasi

Odatda biz nima qilamiz? Oyligimiz tushadi, darhol xarajat qilamiz, agar ortib qolsa, yig‘amiz.

Aksincha, oylik tushishi bilan darhol 10–20% pulingizni alohida ajrating.

Bu pul — sizniki. Uni sarflash emas, yig‘ish uchun ajratyapsiz.

💛Layfhak: Alohida karta yoki hisob ochib, o‘sha pulga tegmang. Shunda u “ko‘rinmaydi” va sarflanmaydi.

2️⃣ Har bir xarajatni sezish odati

Pul eng ko‘p ketayotgan joy — bu albatta mayda xarajatlar: bu qahva, taksi, “kichkina” buyumlar bo'lishi mumkin.

Bir qarashda arzimagan puldek, lekin oy davomida katta summa bo‘ladi.

💛Layfhak: 3–5 kun davomida barcha xarajatlaringizni yozib boring. Shunda o‘zingiz ham hayron qolasiz: pulingiz qayerga ketayotganini yaqqol ko‘rasiz.

Natijada esa keraksiz xarajatlarni avtomatik kamaytirasiz.

3️⃣ Rejasiz xaridni 24 soatga kechiktirish

Ko‘p pul impulsiv xaridlarga ketadi: “yoqib qoldi — oldim”.

Oddiy qoidani unutmang: agar narsa hayotiy zarur bo‘lmasa — 24 soat kuting.

Ko‘pincha shu vaqt ichida olish istagi yo‘qoladi.

Natijada keraksiz narsalarga pulingiz ketmaydi, aksincha sizda qoladi.

💛 Shuni yodda saqlang: pul yig‘ish uchun katta daromad shart emas. To‘g‘ri odatlarning o'zi yetarli.

Shunda siz asta-sekin emas, aniq pul yig‘ishni boshlaysiz

Xo'sh, boshlab ko'rasizmi?

TelegramInstagramYouTube
1🤝48👍27❤15🔥12🤔1
May 16, 2026 18.1K 17 132