#Namangan_tuman_IM
#Bilimlar_kuni
YANGI O‘QUV YILI — YANGI ORZULAR VA YANGI ZAFARLAR SARI!
Namangan viloyati Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yilining ilk kuni — “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Namangan tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Dilmurod Qodirov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi vakillari, ustozlar, shuningdek, ota-onalar hamda maktabning sobiq bitiruvchilari ishtirok etdilar.
O‘quvchilarning chiqishlari, bayramona muhit va samimiy tilaklar tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.
Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan aziz o‘quvchilar uchun bugungi kun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Ularning ko‘zlaridagi quvonch, qalblaridagi hayajon va kelajakka bo‘lgan ishonch barchaga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.
Yangi o‘quv yili — bu yangi bilimlar, yangi imkoniyatlar, ulkan maqsadlar va katta marralar sari tashlangan muhim qadamdir.





















