#Namangan_TIM #Pedagogik_kengash
YANGI O‘QUV YILI — YANGI ZAFARLAR SARI! 🚀✨
29-avgust kuni Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2026–2027-o‘quv yilining 1-Pedagogik kengashi bo‘lib o‘tdi.
🔷 Yig‘ilishni maktab direktori U. Boboyev ochib berdi. Kengashda o‘tgan o‘quv yili natijalari atroflicha sarhisob qilinib, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi vazifalar tahlil qilindi.
🔷 Yangi o‘quv yili uchun dars taqsimoti belgilab olindi hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha aniq mexanizmlar tasdiqlandi.
🔷 Jamoamiz har bir o‘quvchining muvaffaqiyati uchun bor bilim va salohiyatini safarbar etishga kelishib oldi.
🎯 Biz yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyormiz! Yangi cho‘qqilarni birgalikda zabt etamiz!





















