Barcha bu yil muvaffaqiyatli match bo‘lganlarni tabriklayman! 🥳🎉
Juda xursandmanki, har yili MDH davlatlaridan kelayotganlar soni oshib bormoqda, ayniqsa O‘zbekistondan qatnashuvchilar soni ortib borayotgani quvonarli. Ilgari bundaylar sanoqli edi, hozir esa o‘nlab va bu yil men bilgan kamida 5 nafar o‘zbekistonlik muvaffaqiyatli match bo'ldi. 🇺🇿
Alohida aytib o‘tmoqchimanki, ayrimingiz uchun bu yo‘lning bir qismi bo‘lish men uchun juda maroqli bo‘ldi - intervyuga tayyorgarlikda va personal statementlarni ko‘rib chiqishda yordam berish.
Har biringiz uchun chin dildan xursandman! Oldinda ko‘plab qiziqarli imkoniyatlar va o‘z sinovlari bor.
Match bo'lmaganlar uchun ham aytmoqchiman - bu oxiri emas. Ko‘pchilik aynan ikkinchi yoki uchinchi urinishda muvaffaqiyatga erishadi. Eng muhimi - xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, yo‘lni davom ettirish. Siz albatta uddalaysiz 💪
PS: 2022-yildagi matchimdan skrinshot😊.

26
19
9
2
1March 17, 2026 1.6K 5