GAP | Women IT Club ilk bor ICT Week’da! 🟢22–25 sentabr kunlari GAP…

Manbadan yuborilganGAGAP | Women IT Club
✨ GAP | Women IT Club ilk bor ICT Week’da!

🟢22–25 sentabr kunlari GAP | Women IT Club mamlakatning eng yirik texnologik haftaligi -
ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida o‘z loyihalari, tashabbuslari va yangi imkoniyatlarini taqdim etadi.

🧢
23-sentabr | 10:00
“GAP bilan yangi imkoniyatlar sari”
GAP loyihalari bilan tanishtiruv seminari


Ishtirokchilar klubning asosiy yo‘nalishlari, hududiy faoliyati, ta’lim va karyera imkoniyatlari hamda kelgusi loyihalari bilan yaqindan tanishadilar.

🧢
24-sentabr | 11:30–13:30

Xotin-qizlar uchun
“Women Shaping the Startup Ecosystem”
forumi


Forum texnologiya va tadbirkorlik sohasidagi yetakchi xotin-qizlar, ekspertlar va startap asoschilarini bir maydonda birlashtiradi. Unda ayollarning startap ekotizimidagi o‘rni, g‘oyalarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi.

Bu - yangi bilim, muhim aloqalar va katta imkoniyatlar sari qadam.

🏷ICT Week’da GAP bilan birga bo‘ling. Chunki texnologiyalar kelajagi xotin-qizlar ishtirokisiz to‘liq bo‘la olmaydi.

Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn
👍1
22-sentabr, 2026 1 ming