MyGOV va OneID mobile TOP ilovalar qatorida! 📱 MyGov mobil ilovasi…

Manbadan yuborilganEGe-gov.uz
📣 MyGOV va OneID mobile TOP ilovalar qatorida!

📱 MyGov mobil ilovasi bugungi kunda eng ommabop ilovalar qatorida barqaror qayd etilmoqda.

🔝 Yana bir quvonarli jihati, har oy yangi millionlar qo'shilishda davom etishi hisobiga mobil ilova foydalanuvchilari soni 13 milliondan oshdi.

❗️ Bu raqamli davlat xizmatlariga bo‘lgan ishonch va ehtiyoj tobora ortib borayotganining yaqqol ifodasidir.

📱Mobil ilovada:
🗄 630 dan ortiq elektron davlat xizmatlari
🗄 17 turdagi raqamli hujjatlar
🗄 50 dan ortiq hayotiy vaziyatlar bo‘yicha elektron xabarnomalar va boshqa ko'plab qo'shimcha imkoniyatlar mavjud.

🟡 Bularning barchasi fuqarolarga davlat xizmatlaridan tezkor, qulay va ortiqcha ovoragarchiliksiz foydalanish imkonini yaratmoqda.

📱 Biz bilan birga rivojlanayotganingiz uchun tashakkur! MyGov ilovasi Sizga yanada qulayroq, tezroq va yaqinroq bo‘lishida davom etamiz.

📲Ilovalarni hoziroq yuklab oling:

👉 MyGov ilovasi (Google Play va AppStore);
👉 OneID ilovasi (GooglePlay yoki AppStore).

🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
❤12
23-oktabr, 2026 4,1 ming 3