18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
Davlat bayrog‘imiz — mustaqilligimiz, milliy g‘ururimiz va xalqimiz birdamligining yorqin timsoli. Unda xalqimizning boy tarixi, ezgu orzu-intilishlari va kelajakka bo‘lgan ishonchi mujassam.
Bugun O‘zbekiston raqamli transformatsiya va innovatsiyalar sari dadil qadam tashlamoqda. Yagona identifikatsiya tizimi — OneID ham ushbu taraqqiyotning muhim bo‘g‘ini sifatida fuqarolarimizga raqamli xizmatlardan yagona identifikatsiya orqali foydalanish imkoniyatini yaratmoqda.
Biz ishonamizki, raqamli imkoniyatlar, mahalliy IT salohiyati va yoshlarimizning intilishi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bayrog‘imiz — faxrimiz, raqamli kelajagimiz — taraqqiyotimiz!
🇺🇿 Bayrog‘imiz doimo baland bo‘lsin!

718-noyabr, 2026 1,9 ming 3