Ona tili — milliy o‘zlik, raqamli taraqqiyot — uning yangi…

📝Ona tili — milliy o‘zlik, raqamli taraqqiyot — uning yangi imkoniyatlari.

1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi milliy davlatchiligimiz va ma’naviy taraqqiyotimiz tarixidagi muhim voqea bo‘ldi.

Bugungi kunda tilning nufuzi uning kundalik muloqotdagi o‘rni bilangina emas, balki ilm-fan, ta’lim, axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlarda qay darajada qo‘llanilishi bilan ham belgilanadi.

O‘zbek tilini raqamli muhitda rivojlantirish — milliy qadriyatlarimizni asrash, zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish va kelajak avlodga boy til merosini yetkazish yo‘lidagi muhim vazifadir.

O‘zbek tili — tarixiy merosimiz, bugungi muloqotimiz va raqamli kelajagimizning ajralmas qismi.

Barchangizni O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
❤1
21-oktabr, 2026 3,6 ming 2