#Odam
Inson tanasidagi eng kichik muskul
Hoynahoy bosh ogʻrigʻiga sabab boʻladigan (baland) ovoz, tovushlar sizga tanish boʻlsa kerak. Uygʻotkich, tez yordam mashinasining signali yoki yigʻlayotgan chaqaloq shular jumlasidan boʻlsa, ajab emas. Ular qayerdan kelmasin, ushbu yoqimsiz tovushlarni tezroq toʻxtashni xohlaganingiz aniq.
Ushbu baland tovushlarni eshitganingizda tanangizda tovush vibratsiyasini nazorat qilib turuvchi, mitti uzangi muskuli borligini bilarmidingiz?
Yodingizda boʻlsa, avvalroq inson tanasidagi eng kichik suyak, uzangi haqida gaplashgan edik. Inson tanasidagi eng kichik muskul — uzangi muskuli (“stapedius”), aynan oʻsha eng kichik suyakka birikgan. Ushbu muskulning uzunligi taxminan 9-11 millimetrni tashkil etadi. Shuningdek, inson tanasidagi yana bir eng kichik suyaklardan biriga birikgan “tensor tympani” muskuli ham uzangi muskuli bilan oʻxshash, yaʼni, kelayotgan baland tovushni pasaytirish va oʻsha tovushlar sabab mitti suyaklarga shikast yetishini oldini olish (bu ularni qisqarishi bilan boʻladi) vazifasini bajaradi. Ushbu muskullarga shikast yetishi oʻz navbatida oddiy tovushlar baland, baland tovushlar esa kar qiladigan darajada baland eshitilish holati — giperakuziyaga olib keladi.
_____
Tafakkur qiling!
👉 @OdamOlam
October 26, 2021 1.6K 6